Uzbek Language Learning Podcasts

Uzbek podcast 121605

Informações:

Sinopsis

O’zbek urf-odatiga binoan beshik va nikoh to’y marosimi Beshik to'yi farzandni beshikka belash va buni do'st-birodarlarga e'lon qilish maqsadida qilinadi. Marosimda ko'proq qarindosh-urug' va oila do'stlari ishtirok etadilar. Beshik kelinchakning ota-onasi tomonidan sotib olinib, marosim kuni chaqaloqqa sovg'a qilinadi. Beshik to'shaklarining eng tagidagisi ichiga guruch sholisining qipig'i solinadi. Chaqaloqni birinchi bo'lib yoshi ulug' ayol beshikka belaydi. Buning ma'nosi chaqaloq uzoq umr ko'rsin, uni belayotgan ayol kabi ko'p farzandli, uvali-juvali bo'lsin deganidir. Marosimga kelgan mehmonlar chaqaloq uchun turli sovg'alar keltiradilar. O'z navbatida mezbon ham ularni turli taomlar va ayniqsa o'zbek milliy taomi osh bilan siylaydi. Nikoh to'yi farzand 23-25 yoshga to'lganda nikoh to'yi marosimi o'tkaziladi. To'yga qadar bolaning onasi kelinning uyiga sovchi bo'lib ikki yoki uch o'ziga yaqin ayollar bilan boradi. Bu hol uch marotabagacha davom etishi mumkin. Ikki o'rtadagi kelishuvga asoslanib to'y kun